Angliya Premer-ligasida to`p surayotgan eng qimmat futbolchilar reytingi e`lon qilindi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh ("Liverpul"), Romelu Lukaku ("Chelsi") va Harri Keyn ("Tottenhem") dastlabki uch o`rindan joy olishgan. Ularning narxi 100 million evroga qadar baholangan.
Undan keyingi o`rinni "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernande 90 million evro bilan band etdi. Xuddi shunday narx bilan Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti") qayd etildi.
Qolgan o`rinlardan Markus Reshford, Jeydon Sancho (ikkisi ham "Manchester Yunayted"), Filipp Foden, Rahim Sterling (ikkalasi ham "Manchester Siti) — har biri 85 million evro va Sadio Mane (Liverpul) 80 million evro bilan o`ntalikdan o`rin olgan.
Krishtianu Ronaldu esa 35 million evroga baholangan holda jadvalning pastki qatoridan o`rin egalladi.






