O`zbekiston terma jamoasi va "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov jurnalistlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma natijalariga ko`ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda O`zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yilning eng yaxshi futbolchisi uchun so`rovnomada Husayin Norchaev, Jaloliddin Masharipov va Eldor Shomurodov nomzodlari o`rin olgan edi. Ovoz berish natijalariga ko`ra, Shomurodov eng yaxshi deb topildi hamda mahsus sovrin bilan taqdirlandi.