Moskva xalqaro sudi Meta platformasi (sobiq Facebook)ga katta miqdordagi jarimani qo`lladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Meta platformasi Rossiya Federasiyasida taqiqlangan ma`lumotlarni o`chirmagani uchun sud tomonidan shunday jarimaga tortilgan.
"Moskva shahrining Taganskiy tumani 422-sonli sud okrugi sudyasining qaroriga asosan "Meta Platforms" Rossiya Federasiyasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 13.41-moddasi 5-qismida ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda ayblanadi hamda 1 990 984 950 rubl miqdorida jarimaga tortiladi", - deyiladi sud qarorida.
Avvalroq Rossiya Federasiyasi sudi Google'ni ham 7,2 milliard rubldan ziyod jarimaga tortgan edi.