Navoiy viloyati Karmana tumani XTB Xalq ta`limi vazirligining bayonotiga zid ravishda chet tili o`qituvchilariga tarqatilayotgan 1 mln so`m mablag`ni naqd ko`rinishida berib, bozor narxi 60 ming so`m bo`lgan kitobni 483 ming so`mdan pullamoqchi bo`lgan Kun.uz ushbu masala borasida kichik jurnalistik surishtiruv o`tkazgan va saytda e`lon qildi.
Shundan so`ng mazkur ma`lumot Xalq ta`limi vazirligi topshirig`iga ko`ra, ishchi guruh tuzilib, zudlik bilan o`rganilgan.
O`rganish xulosalariga ko`ra, holat o`z tasdig`ini topdi. Shu bois Xalq ta`limi vazirligining bir necha bor mazkur holat yuzasidan ogohlantirishiga qaramay ushbu holatga yo`l qo`yganligi uchun Karmana tumani xalq ta`limi bo`limi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi o`z vazifasidan ozod etildi. Karmana tumani XTBning bosh hisobchisi va xorijiy tillar metodistini lavozimidan ozod etish yuzasidan vazirlik rahbariyati tomonidan topshiriq berilgan.






