AsosiyJamiyat

Deputat aralashuvidan so`ng 15 mlrd so`m topildi

'Deputat aralashuvidan so`ng 15 mlrd so`m topildi'ning rasmi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Farg`ona viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Xursanoy Islamova nomiga kelib tushgan murojaat yuzasidan deputat Xonqiz qishlog`ida o`rganish olib bordi.

Ma`lum bo`lishicha, Xonqizda yashab, qishloqdoshlarining mehriga sazovor bo`lgan G`anijon hoji Rahmonov 2005 yilda o`ziga tegishli bo`lgan er maydonidan 2 gektariga maktab qurish tashabbusi bilan chiqqan. Qishloq bolalarining Vatanimiz ravnaqiga hissa qo`shadigan munosib insonlar bo`lishini istagan otaxon uzoq yillar mobaynida juda ko`p tashkilotlarga boradi. Lekin foydasi bo`lmaydi. Chunki bu erlar fermer xo`jaligi balansida bo`lgani sababli ruxsat berilmagan.

Hoji otaning vafotidan so`ng farzandlari yana maktab qurish masalasini ko`tardi va bu bo`yicha deputat Xursanoy Islamovaga murojaat qilishdi.

Deputat tegishli idora vakillari hamda qishloq ahli bilan ushbu masalani atroflicha o`rgandi. Dalolatnoma tuzib, tuman kengashi sessiyasida ko`tardi va hal qilishga erishdi.

Aytish joiz, 320 o`ringa mo`ljallangan maktab qurish uchun 15 mlrd atrofida mablag` zarur bo`lishi hisob-kitob qilindi. Ammo mahalliy byudjet bunday katta mablag`ni ajrata olmaydi. Shu bois, yangi maktab qurilishini 2023 yilgi Davlat dasturiga kiritiladigan bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar