Mazkur mablag` O`zbekiston rahbarining “2022-2026 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning yangi strategiyasi to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq yo`naltiriladi.
Qayd etilishicha, mablag` O`zbekistonda fuqarolarni yashash joyi bo`yicha hisobga olish tizimini soddalashtirish uchun ajratiladi.
Qarorda fuqarolarni yashash joyi bo`yicha hisobga olish tizimini yanada soddalashtirish va aholiga qo`shimcha qulayliklar yaratish, ushbu yo`nalishda boshlangan islohotlarni yakuniga etkazish ko`zda tutilgan.
Bundan tashqari, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida fuqarolarni doimiy yashash joyi bo`yicha hisobga olishning amaldagi tartibini yanada soddalashtirish va istiqbolda fuqarolarni yashash joyi bo`yicha hisobga olishning yagona elektron tizimini joriy etilishi haqida yozgandik.
Eslatib o`tamiz, mablag`lar amaliyotda qo`llash uchun fuqarolarning shaxsiy biometrik ma`lumotlarini olish, saqlash va ulardan foydalangan holda shaxsini tasdiqlash kabi birlamchi tajribalarni amalga oshirish uchun yo`naltiriladi.






