“Tesla” kompaniyasi 2021 yilda mijozlarga elektr avtomobil etkazib berish bo`yicha rekord o`rnatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, kompaniya o`tgan yilda 936 172 dona elektr avtomobil etkazib bergan. Bu esa 2020 yilga qaraganda ikki marotaba ko`p. Ya`ni, 87 foizga ko`pligini anglatadi.
Taqqoslash uchun, 2020 yilda "Tesla" 499 647 dona avtomobilni egallariga etkazgan.
Avvalroq kompaniya 500 mingga yaqin avtomobillarini ortga qaytarmoqchi ekanini ma`lum qilgan edi. Model 3 va Model S avtomobillarida kuzatilgan texnik nosozliklar tufayli "Tesla" shunday qarorga kelgandi.