AsosiyJamiyat

​​SSV: Ochiq muloqotga yo`llangan murojaatlar dam olish kunlarida ham qabul qilinmoqda

'​​SSV: Ochiq muloqotga yo`llangan  murojaatlar dam olish kunlarida ham qabul qilinmoqda'ning rasmi

 

Prezidentimizning sog`liqni saqlash tizimi vakillari bilan “O`zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusida bo`lib o`tadigan ochiq muloqotiga dam olish kunlarida ham murojaatlar qabul qilinmoqda.  

Xususan, 1295 qisqa raqamli “Sall-markaz” hamda ijtimoiy tarmoqlarda ochilgan alohida elektron manzillar orqali shu kungacha jami 7074 ta murojaat kelib tushdi.

Ulardan 62 foizini tibbiyot xodimlarining takliflari tashkil etadi. Qolgan 27 foizi hal etilgan, 11 foizi esa ijro jarayoniga yo`naltirilgan muammoli masalalardir.

Jumladan, murojaatlarning:

✅ 2561 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`ini,

✅ 412 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyati,

✅ 221 tasi tez tibbiy yordam xizmati,

✅ 127 tasi oliy tibbiy ta`lim,

✅ 125 tasi sanitariya-epidemiologiya xizmati,

✅ 92 tasi ilm-fanga daxldor masalalardir.

Hududlar kesimida eng ko`p murojaatlar Toshkent shahri (1018 ta), Namangan (646 ta) va Samarqand (486 ta) viloyatlariga to`g`ri kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar