Bu haqda “Soliq xizmati xabarlari” Telegram kanalida xabar berildi.
2022 yil 1 yanvardan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko`rsatish ob`ektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari QR-kodi orqali qo`shimcha mablag`ga ega bo`lishi mumkin.
Unda mobil ilovani skanerlash orqali ro`yxatdan o`tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1 % keshbekka ega bo`ladi.
Avtomobil sotib olganlik, temir yo`l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to`lovlar amalga oshirilganda olingan xarid cheklari uchun keshbek qaytarilmaydi.






