AsosiyJamiyat

Qashqadaryo hokimi o`rinbosariga tegishli ekani aytilgan Trailblazer bir vaqtning o`zida uchta qoidabuzarlik sodir etdi

'Qashqadaryo hokimi o`rinbosariga tegishli ekani aytilgan Trailblazer bir vaqtning o`zida uchta qoidabuzarlik sodir etdi'ning rasmi

Qashqadaryo hokimi o`rinbosariga tegishli ekani aytilgan Trailblazer svetaforning qizil chirog`ida o`tib ketgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. 

Natijada Trailblazer rusumli avtomobil haydovchisiga bayonnoma tuzildi va transport vositasi jarima maydoniga qo`yildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.

Davlat raqami 70005DAV bo`lgan Trailblazer rusuml avtomobil haydovchisi bir vaqtda uchta qoidabuzarlik sodir etgan. Ular:

  • yo`l harakati qoidalarining 2-ilovasida ko`rsatilgan 1.1 (yo`lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo`lagi chegarasini bildiradi, bosib o`tish taqiqlanadi) yo`l yotiq chizig`ini bosgan holda,
  • svetoforning harakatni taqiqlovchi qizil chirog`ida;
  • ortga qayrilib olish qoidalarini chetlab o`tgan holda harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi.

 

Video yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilganda, Trailblazer rusumli, 70005DAV davlat raqam belgili avtomobil yon oynalarining tusi tegishli ruxsatsiz qoraytirilganligi ma`lum bo`ldi va haydovchi, 1976 yilda tug`ilgan E.T.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 126- , 128-, 1284-moddalari tartibida bayonnoma tuzilib, transport vositasi ushbu Kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar