AsosiyJamiyat

UZEX haftalik dayjesti e`lon qilindi

'UZEX haftalik dayjesti e`lon qilindi'ning rasmi

O`tgan hafta davomida, ya`ni 27 dekabr – 2 yanvar kunlari "O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 858,7 mlrd so`mlik tovarlar sotilgan bo`lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 19,3% ga kamdir. Bunda sotuvlarning 88,4% - birja savdolari; 0,2% - ko`rgazma-yarmarka savdolari; 11,0% - elektron davlat xaridlari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to`g`ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 700,9 mlrd so`mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o`tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 15,5 mlrd so`mlik mablag`lari tejaldi.

Ko`rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 078 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,0 mlrd so`mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 9,0% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 14,4% ikkinchi; 13,7% uchinchi; 13,5% to`rtinchi; 19,0% beshinchi va 30,4% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko`rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 644,1 mlrd so`mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo`yishdi, shu jumladan:

Paxta yog`i

O`tgan haftada birja savdolarida 2 434,0 tonna paxta yog`i sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 66 xaridor ishtirok etdi. O`rtacha kunlik sotuv hajmlari 609,0 tonnani tashkil qildi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog`ining kunlik o`rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 519,0 ming so`mdan 14 364,7 ming so`mgacha, ya`ni 7,4% ga pasayganini ta`kidlash lozim.

Suyultirilgan gaz

Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 10 399,0 tonna suyultirilgan gaz qo`yildi va ulardan 7 487,0 tonnasi, ya`ni 72,0% qismi sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 144 xaridor ishtirok etdi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 536,7 ming so`mdan 2 422,7 ming so`mgacha, ya`ni 4,5%ga pasaygan.

O`tkazilgan birja savdolari natijasida suyultirilgan gaz bo`yicha shakllangan o`rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 2 491,1 ming so`mni tashkil etdi.

Paxta tolasi

O`tgan haftada birja savdolarida 7 219,0 tonna paxta tolasi sotildi. O`rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 805,0 tonnani tashkil qildi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta tolasining kunlik o`rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 29 893,0 ming so`mdan 27 410,6 ming so`mgacha, ya`ni 8,3% ga pasayganini ta`kidlash lozim.

Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar