O`zbekiston milliy terma jamoasi 21 yanvar kuni Tokio shahrida Yaponiyaga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi kutilgan edi.
O`FA matbuot xizmati xabar qilishicha, uchrashuv bekor qilingan. Bunga koronavirus bilan bog`liq holat ko`paygani sabab bo`lgan.
“Ma`lumki, dunyoning ko`plab mamlakatlarida koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi kurashish bo`yicha chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Xususan, ayni kunlarda Yaponiyada ham karantin choralari kuchaytirilmoqda. Shu sababli hukumat tavsiyasiga ko`ra, Yaponiya futbol assosiasiyasi 21-yanvar kuni O`zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi bo`lib o`tishi rejalashtirilgan o`rtoqlik uchrashuvini bekor qilishga majbur bo`ldi.”, - deyiladi O`FA xabarida.
Ayni vaqtda O`FA mutaxassislari va O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi ushbu sanada boshqa raqib bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazish borasida ish olib bormoqda.