AsosiySport

Kseniya Gulyamova Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi Xotin-qizlar komissiyasi a`zosi etib tayinlandi

'Kseniya Gulyamova Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi Xotin-qizlar komissiyasi a`zosi etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi bosh kotibi, O`zbekiston polo federasiyasi raisi o`rinbosari Kseniya Gulyamova Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi (UIPM) ijroiya qo`mitasi qaroriga ko`ra, 2024-yilgacha bo`lgan muddatga qadar UIPM Xotin-qizlar qo`mitasi a`zosi etib tayinlandi.

Oldinroq hamyurtimizning nomzodi UIPM prezidenti, doktor Klaus Shormann tomonidan tashkilot Ijroiya qo`mitasi tomonidan ko`rib chiqishga tavsiya qilingan edi.

Eslatib o`tamiz, 2021-yil 27-28-noyabr kunlari o`tkazilgan UIPMning onlayn Kongressida O`zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi tomonidan xalqaro tashkilot qoshida Xotin-qizlar qo`mitasini tuzish g`oyasi ilgari surilgan edi. Bundan ko`zlangan maqsad - sportchilar, trenerlar, hakamlar va sport federasiyalari rahbarlari orasida gender tengligini ta`minlashdan iborat. Ta`kidlash kerak, UIPM qoshida Xotin-qizlar qo`mitasini tuzish taklifini onlayn Kongress ishtirokchilarining 95 foizi qo`llab-quvvatladi.

Boshqa yangiliklar