AsosiyJamiyat

Maktablarda ham qishki ta`til uzaytirildi

'Maktablarda ham qishki ta`til uzaytirildi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi qishki ta`til kunlarini 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirilganini ma`lum qildi.

Xalq ta`limi tizimidagi direktor, direktorning o`quv va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosarlari hamda pedagog-o`qituvchilarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan Milliy o`quv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, o`quvchi - yoshlar o`rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin ko`payishi bunga sabab bo`lgan. 

Ta`til kunlari davomida, o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ular uchun onlayn fan olimpiadalar, intellektual o`yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari xalq ta`limining ijtimoiy tarmoqlari hamda Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali turli to`garaklar faoliyati yo`lga qo`yiladi.

 

    Boshqa yangiliklar