AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirus bilan vaziyat tobora murakkablashmoqda: Bir kunda kasallanish soni keskin oshdi

'O`zbekistonda koronavirus bilan vaziyat tobora murakkablashmoqda: Bir kunda kasallanish soni keskin oshdi'ning rasmi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha O`zbekistonda vaziyat tobora murakkablashmoqda. Kecha qariyb 370 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, pandemiya boshidan buyon jami kasallanganlar soni 200 mingdan oshdi

2022 yil 8 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 200341 (+369) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 14 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 15 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 42 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 7 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 16 nafari Xorazm viloyatida,
  • 56 nafari Toshkent viloyatida,
  • 195 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

️Kecha kun davomida:

  •  Andijon viloyatida 6 nafar,
  •  Buxoro viloyatida 4 nafar,
  •  Jizzax viloyatida 8 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  •  Namangan viloyatida 7 nafar,
  •  Samarqand viloyatida 40 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 9 nafar,
  • Xorazm viloyatida 8 nafar,  
  • Toshkent viloyatida 14 nafar,
  • Toshkent shahrida 22 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 197073 (+121) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

 

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1494 nafarni tashkil qildi.

Ma`lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi "omikron" shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir. Buning ortidan esa ko`plab davlatlar keskin karantin choralarini qo`llashga majbur bo`lyapti.

Afsuski, so`nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. To`g`ri, hali mamlakatimizda "omikron" shtammi aniqlangani yo`q, biroq bu xotirjamlikka berilish uchun asos bo`la olmaydi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab epidemiologik vaziyatdan to`g`ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat`iy rioya qilib, kasallikka qarshi to`liq emlanishlari so`ralmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar