Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida 7 yanvar kuni tezkor tadbirlar o`tkazilgan.
Unda Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam bo`limining 30 yoshli xodimi, tumanning Yangiobod mahallasida yashovchi fuqaroni tibbiyot birlashmasiga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo`yishni va`da qilib, undan 700 AQSh dollari olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Payariq tumanidagi maktablarning birining direktori J.Sh. esa tumanning Boshqo`rg`on mahallasida yashovchi fuqaroni maktabga psixologiya fani o`qituvchisi etib ishga olish evaziga undan 400 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan. Dastlab 900 ming so`m “avans” olgan direktor qolgan 3 million 200 ming so`mni olayotgan vaqtda orzulari sarobga aylandi.
Ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






