8 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda 666 357 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 443 671 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 222 686 nafarni tashkil qildi.
Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg`ona (162 626 doza), Samarqand (106 859 doza), Andijon (74 304 doza), Qashqadaryo (58 480 doza), Namangan (56 825 dozani tashkil etgan.






