AsosiyJamiyat

O`zbekistonga 500 400 doza Moderna vaksinasi olib kelindi

'O`zbekistonga 500 400 doza Moderna vaksinasi olib kelindi'ning rasmi

Koronavirusga qarshi vaksinaning 2022 yilgi ilk yarim million dozalik partiyasi yurtimizga olib kelindi, deya xabar bermoqda SSVQ Matbuot xizmati. 

Xabarga ko`ra, bugun O`zbekistonga 500 400 doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Bu 2022 yil hisobidan keltirilgan ilk vaksinadir.

Shunday qilib, O`zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 536 768 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:  

-2 404 480 dozasi AstraZeneca;

-37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;

-1 341 790 dozasi "Sputnik V";  

-3 500 460 dozasi Moderna;

-2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;

-1 976 000 dozasi Sinovac;

- 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan qariyb 40 million dozasi emlash jarayonlarida qo`llanildi.

 

    Boshqa yangiliklar