O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun O`zbekiston hududi bo`yicha nisbatan salqin havo massasi ta`siri saqlanib turadi. Kunduz kungi havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi.
11-13 yanvar kunlari respublika hududlari bo`yicha asosan quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat 13 yanvarda respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir, baland tog`li hududlarda qor yog`adi.
Respublika hududidan sovuq havo massasi asta-sekin chekinadi va hafta o`rtasiga kelib, havo harorati kechalari 3-6° iliqqacha, kunduz kunlari 9-12° iliqqacha ko`tariladi.
14 yanvarda O`zbekston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nisbatan nam, ammo iliq havo massasi kirib keladi. Respublikaning katta qismida yomg`ir yog`adi, shimoliy hududlarda qorga aylanishi mumkin. Ayrim tumanlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati yana 2-4° ga ko`tariladi va qish faslining o`rtasi uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlardan 3-5° ga yuqori bo`ladi.
Respublikaning ayrim hududlarida ba`zi joylarda tuman kuzatiladi.






