AsosiyJamiyat

Ta`til vaqtida o`quvchilarni to`garaklarga va tadbirlarga jalb etish taqiqlanadi — XTV

'Ta`til vaqtida o`quvchilarni to`garaklarga va tadbirlarga jalb etish taqiqlanadi — XTV'ning rasmi

O`quvchilarning qishki ta`tili uzaytirilganiga qaramay ayrim “tashabbuskor” rahbarlar o`quvchilarni maktabga chaqirib yoppasiga fan to`garakalariga yoki tadbirlar uyushtirib, unga jalb qilishi to`g`rimi?

Mazkur savolga XTV Matbuot xizmati javob taqdim etdi. 

"Ta`til kunlari tugagunga qadar o`quvchilarni bevosita maktablarda tashkil etadigan to`garaklar, shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoq to`garaklari va har qanday tadbirlarga jalb etish taqiqlanadi.

Ushbu vaqt davomida o`qituvchilar maktabda xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan Milliy o`quv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarida qatnashishlari talab etiladi hamda onlayn ravishda turli to`garaklar va tanlovlar tashkil etish tavsiya etiladi.

Shuningdek, bugundan boshlab Respublika miqyosida o`tkazilayotgan “Umid nihollari-2022” sport musobaqalarining tuman va shahar bosqichlarini o`tkazish to`xtatilganini ma`lum qilamiz", - deyiladi rasmiy izohda. 

    Boshqa yangiliklar