AsosiyJamiyat

Buxoro aeroporti kuchli tuman sabab samolyotlar faoliyati uchun vaqtincha yopildi

'Buxoro aeroporti kuchli tuman sabab samolyotlar faoliyati uchun vaqtincha yopildi'ning rasmi

Aeroflot aviakompaniyasining 2022 yil 10 yanvar kuni AFL-1877 TIP VS A-320- reysi Buxoro aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli uchib ketishi kechiktirildi. Bu haqda “Buxoro xalqaro aeroporti” MChJ ma`muriyati e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, ko`rish 100 metr, vertikal ko`rinish 130 metrni tashkil etgan. Buxoro aeroporti parvozni amalga oshirish uchun ko`rish yaxshilanmaguncha yopildi. Ushbu reysdagi yo`lovchilar mehmonxonaga boradilar. Yo`lovchilarning umumiy soni - 133 nafar. Ekipajning ish vaqti tugaganligi sababli ekipaj dam olishga qaror qildi. Yo`lovchilar “Grand Bukhara” mehmonxonasiga olib ketilgan, deyiladi xabarda.

 

 

    Boshqa yangiliklar