1

O`zbekistonga kirib kelgan “omikron”dan deyarli 100 foiz himoyalanish yo`li aytildi

Salomatlik 10.01.2022, 13:07
O`zbekistonga kirib kelgan “omikron”dan deyarli 100 foiz himoyalanish yo`li aytildi

Joriy yilning 7 yanvar kuni Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg`or texnologiyalar markazi (ITM) laboratoriyasida “omikron” shtammi aniqlangani haqida xabar bergan edik.

O`zbekiston Respublikasi hududiga Dubaydan kelgan xorij fuqarosida koronavirusning yangi shtammi «omikron» aniqlandi. Respublika maxsus komissiyasining yig`ilishida mazkur holat, shuningdek, “omikron” tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Innovasion rivojlanish vazir o`rinbosari Shahlo Turdiqulova omikron" dan deyarli 100% himoyalanish yo`lini aytdi. Uning so`zlariga ko`ra: 

“Omikron”ning dunyo bo`ylab tez tarqalishini inobatga olsak, uning O`zbekistonda paydo bo`lishi vaqt masalasi edi" deb aytdi. Ilg`or texnologiyalar markazi rahbari sifatida ZF-UZ-VAC2001  sinovlarida va virusli mutasiyalarni o`rganishda faol ishtirok etarkanman,  mamlakatimizdagi eng ommabop O`zbekiston-Xitoy vaksinasi ustida olib borilgan tadqiqotlar yangi shtamm bo`yicha  yaxshi natijalarni ko`rsatayotganini aytishim mumkin. Vaksinaning kuchaytirilgan — buster dozasi "omikron" dan deyarli 100% himoya qiladi. Xitoylik hamkasblarimiz ham buni tasdiqladilar.

Maxsus komissiya yig`ilishida aholini, shu jumladan ZF-UZ-VAC2001 ning kuchaytirilgan dozalari bilan emlashni zudlik bilan tezlashtirish masalasi ham muhokama qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1