AsosiyJamiyat

Moskva — Qarshi yo`nalishidagi samolyot favqulodda Urganchga qo`nishga majbur bo`ldi. Sababi...

'Moskva — Qarshi yo`nalishidagi samolyot favqulodda Urganchga qo`nishga majbur bo`ldi. Sababi...'ning rasmi

Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasining Moskva — Qarshi yo`nalishida SB-I3313 reysini amalga oshirayotgan samolyoti seshanba kuni soat 13:42 da Urganch aeroportiga favqulodda qo`nishni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, samolyotning favqulodda qo`nishiga yo`lovchilardan biri — Tojikiston fuqarosining tez tibbiy yordamga muhtojligi sabab bo`lgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, erkak kishi ko`richak xurujida shubha qilingan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo`ndirishga qaror qilgan.

Samolyotdan tushirilgan, yo`lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va Urganch tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Samolyot soat 02:31 da Qarshiga uchgan.

    Boshqa yangiliklar