AsosiyJamiyat

«Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida»gi hamda Mehnat kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilmoqda

'«Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida»gi hamda Mehnat kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilmoqda'ning rasmi

Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev xabar qilmoqda.

Unga ko`ra, Chernobil AESdagi avariya tufayli mayiblanish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo`lgan shaxslar, deb topilgan shaxslarga nogironlik pensiyalari tayinlash belgilanmoqda.

Amalda Nogironlik pensiyalari  I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanib kelmoqda.

Shuningdek, “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonuniga quyidagi o`zgartirish va qo`shimchalarni kiritish nazarda tutilmoqda:

- boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi to`lovlarini marhumning qaramog`idagi farzandlariga, ular 18 yoshgacha, agar umumiy o`rta ta`lim muassasasi, akademik lisey va oliy ta`lim muassasasida o`qiyotgan bo`lsa 23 yoshga to`lgunga qadar boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini to`lash;

- nogironligi bolalikdan bo`lgan bolalarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qo`shib hisoblash;

- bolani parvarishlash bo`lish vaqtining xammasini jamlanganda ko`pi bilan 6 yillik davrni ish stajiga qo`shib hisoblash;

- respublika hududida karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo`lgan davrda amal qilib turgan davrda pensiya olish huquqi vujudga kelgan fuqarolar, ushbu tadbirlar (cheklovlar) davrida yoki tugagandan so`ng bir oy ichida pensiya tayinlashni so`rab murojaat etgan taqdirda, ularga pensiya uni olish huquqi paydo bo`lgan sanadan tayinlash taklif etilmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o`qishda qabul qilindi, deyilgan xabarda.

 

 

    Boshqa yangiliklar