AsosiySiyosat

Abdulla Aripov Qozog`istonning yangi bosh vazirini tabrikladi

'Abdulla Aripov Qozog`istonning yangi bosh vazirini tabrikladi'ning rasmi

Joriy yilning 11-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Smailovni Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Suhbat davomida Oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar chog`ida erishilgan kelishuvlarni birgalikda izchil amalga oshirish, ochiqlik, an`anaviy do`stlik va yaxshi qo`shnichilikka asoslangan ko`p qirrali strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishni davom etirish ta`kidlandi.

 

 

    Boshqa yangiliklar