AsosiyJamiyat

Toshkentda harbiy xizmatchilar ishtirokida bayramona yurish bo`lib o`tadi

'Toshkentda harbiy xizmatchilar ishtirokida bayramona yurish bo`lib o`tadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlab 13-yanvar kuni Toshkent shahrida Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirliklar va idoralar harbiy xizmatchilari ishtirokida bayramona yurish bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Bayramona saf bilan yurish Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da “Turkiston” san`at saroyi oldidan boshlanadi. Yo`nalish davomida Navoiy, Sharof Rashidov va Islom Karimov ko`chalari bo`ylab 3400 metr masofa bosib o`tiladi va “Xalqlar do`stligi” san`at saroyi oldida tugaydi.  

Soat 11:00 dan “Xalqlar do`stligi” maydonida harbiy orkestr, harbiy ansambl va taniqli san`atkorlar ishtirokida tantanali konsert dasturlari boshlanadi.

Boshqa yangiliklar