AsosiySiyosat

Mirziyoev Putin bilan Qozog`istondagi voqealardan kelib chiqib Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qildi

'Mirziyoev Putin bilan Qozog`istondagi voqealardan kelib chiqib Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qildi'ning rasmi

Bugun, 13 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, suhbatda davlat rahbarlari O`zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining joriy holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

Oliy darajada o`tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan ta`kidlandi.

Turli darajalardagi delegasiyalarning o`zaro tashriflari faollashgan. 2021 yil yakunlariga ko`ra tovar ayirboshlash hajmi 33 foizga oshgan.

Hududlararo yo`nalishda, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar faol rivojlanmoqda.

Tomonlar O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligiga bag`ishlangan turkum tadbirlar o`tkazish muhim ekanini qayd etdilar.

Yaqinda Qozog`istonda ro`y bergan voqealar nuqtai nazaridan Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Qozog`iston rahbariyati tomonidan ushbu mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni tiklash, vaziyatni barqarorlashtirish borasida ko`rilayotgan chora-tadbirlar qo`llab-quvvatlandi.

Telefon orqali muloqot har doimgidek iliq, samimiy va do`stona ruhda o`tdi.

    Boshqa yangiliklar