AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways Qozog`iston shaharlariga parvozlarni qayta tikladi

'Uzbekistan Airways Qozog`iston shaharlariga parvozlarni qayta tikladi'ning rasmi

15 yanvardan boshlab,  Uzbekistan Airways Toshkent – Olmaota – Toshkent,  Samarqand –Olmaota – Samarqand,  Nukus – Aktobe – Nukus,  Urganch – Oqtov – Urganch,  Nukus – Oqtov – Nukus  yo`nalishlari bo`yicha muntazam aviaqatnovlarni qayta yo`lga qo`yadi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Olmaota xalqaro aeroporti xalqaro qatnovlarni soat 08:00 dan 21:00 gacha (Olmaota vaqti bilan) qabul qiladi.  

Shu munosabat bilan Toshkent – Olmaota – Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY-765/766 qatnovi 16 yanvar kuni bekor qilinadi.  

Mazkur parvoz yo`lovchilari 17 yanvar kuni Toshkent – Olmaota – Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY -763/764 aviaqatnovi orqali manzilga etkaziladi.    

    Boshqa yangiliklar