Angliya liga kubogi yarim finalidan o`rin olgan "Liverpul" va "Arsenal" uchrashuvi poyoniga etdi.
"Arsenal"ning bir futbolchisi birinchi bo`limning o`zidayoq maydondan chetlatildi. Son jihatidan ko`pchilikni tashkil qilgan bo`lsa-da, "Liverpul" o`yinda g`alaba qozona olgani yo`q. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
Endi jamoalar 21 yanvar kuni "Arsenal" o`yingohida javob uchrashuvini o`tkazadi. G`olib esa Liga kubogi finalida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.
Angliya Liga Kubogi.
"Liverpul" - "Arsenal" - 0:0