Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida korrupsiya holatlari haqida xabar berish qutisi tashkil etildi. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunda murojaatchilar kadastr xodimlarining g`ayriqonuniy xatti-harakatlaridan, kasb madaniyatidan norozi bo`lganida o`z murojaatlarini qoldirishi mumkin bo`ladi.
"Korrupsiya qutisi" ishchi-xodimlarni yanada xushyorroq bo`lishga, mas`uliyatsizlikka yo`l qo`ymaslikka undaydi. "Korrupsiya qutisida"gi asosli murojaatlar nazoratda bo`ladi" - deydi Boshqarma boshlig`i G`ayrat Hamroev