AsosiySport

FIFA 2021 yilda futbolchilarning transferlariga eng ko`p pul sarflagan chempionatlarni e`lon qildi

'FIFA 2021 yilda futbolchilarning transferlariga eng ko`p pul sarflagan chempionatlarni e`lon qildi'ning rasmi

FIFA 2021 yilda qaysi mamlakatlar futbolchilar transferi uchun eng ko`p mablag` sarflagani haqida ma`lumot berdi. Bu haqda Digital nashri xabar berdi

Tashkilot tuzgan ro`yxatni Angliya boshqarib turibdi. Ingliz klublari o`tgan bir yil davomida futbolchilar xaridi uchun 1,386 milliard dollar sarflagan. Undan keyingi o`rinlardan Italiya va Fransiya  o`rin oldi. 

2021 yilda transferlar uchun eng ko`p mablag` sarflagan top-10 mamlakat:

1. Angliya – 1,386 milliard dollar;

2. Italiya – 667,7 mln;

3. Fransiya – 511,8 mln;

4. Germaniya – 451,9 mln;

5. Ispaniya – 347,8 mln;

6. Belgiya – 179,9 mln;

7. AQSh – 159,9 mln;

8. Rossiya – 131,2 mln;

9. Turkiya – 107,2 mln;

10. Portugaliya – 100,2 mln.

Boshqa yangiliklar