OFK Osiyo chempionlar ligasi o`yinlari bo`lib o`tish muddatlarini o`zgartirganini e`lon qildi.
Unga ko`ra G`arb mintaqasidagi guruh bosqichi o`yinlari 7-27 aprel kunlari markazlashgan holda bo`lib o`tadi. Nimchorak, chorak, yarim va final uchrashuvlari esa 2023 yil fevral oyida o`tkaziladi.
Bu katta ehtimol bilan OChL 2023 yildan boshlab kuz-bahor tizimiga o`tishini anglatishi mumkin. "Nasaf" 15 mart kuni pley-offda "Baniyas" (BAA mehmoni bo`ladi. G`olib jamoa guruh bosqichiga chiqadi.
G`arb mintaqasi
Guruh bosqichi 7-27 aprel 2022 yil
Nimchorak final - 3 va 4 fevral, 2023 yil
Chorak final - 7 fevral 2023 yil
Yarim final - 10 fevral 2023 yil
Final 19 va 26 fevral 2023 yil
Sharq mintaqasi
Guruh bosqichi 15 aprel-1 may 2022 yil
Nimchorak final - 18 va 19 avgust, 2022 yil
Chorak final - 22 avgust 2022 yil
Yarim final - 25 avgust 2022 yil
Final 19 va 26 fevral 2023 yil