14 yanvar holatiga ko`ra, yurtimizda 683 621 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 449 219 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 234 402 nafarni tashkil qildi.
Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg`ona (165 239 doza), Samarqand (107 784 doza), Andijon (75 714 doza), Qashqadaryo (59 273 doza), Namangan (58 695 doza) viloyatlarida yuqori ekani ahamiyatli.






