Yaponiya sohil xavfsizlik xizmati KXDR dengizga yana raketa uchirgan degan taxminni olg`a surmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketa ballistik bo`lishi mumkin. Buni Yaponiya Vazirlar Mahkamasi va mudofaa vazirligi ham tasdiqlagan. Hozirda sohil xavfsizlik xizmati uchirilgan raketa tushgan aniq joyni o`rganmoqda.
Bu Shimoliy Koreya tomonidan joriy yilda uchirilgan uchinchi raketa hisoblanadi. Dastlabki raketa uchirilishi 5 yanvar kuni ro`y bergan. Ikkinchisi 11 yanvarda aniqlangan. Oradan bir kun o`tib, Shimoliy Koreya gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazgan bo`lishi mumkin.