AsosiyJamiyat

Minsk aeroportida Toshkentdan borib qo`ngan “O`zbekiston havo yo`llari” samalyoti uchish-qo`nish yo`lagidan chiqib ketdi

'Minsk aeroportida Toshkentdan borib qo`ngan “O`zbekiston havo yo`llari” samalyoti uchish-qo`nish yo`lagidan chiqib ketdi'ning rasmi

Minsk milliy aeroportida yo`lovchi samolyoti uchish-qo`nish yo`lagidan chiqib ketdi, deya xabar bermoqda Minsk aeroporti ma`muriyati. 

Ma`lum qilinishicha, soat 11:45 atrofida kuchli qor va qor bo`roni vaqtida “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining “Toshkent-Minsk” reysini amalga oshirayotgan Airbus A-320 samolyoti Milliy aeroportga muvaffaqiyatli qo`ndi. Biroq u taksi harakatlanayotganda uchish-qo`nish yo`lagidan chiqib ketdi.

Samolyot bortida 115 nafar yo`lovchi bo`lgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qurbonlar yo`q. Hodisa oqibatida samolyotga zarar etmagan. 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar