AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovonida "Nexia" haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, xandaqqa tushib ketdi

'"Qamchiq"  dovonida "Nexia"  haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, xandaqqa tushib ketdi'ning rasmi

Bugun,  soat 12:35da "Qamchiq"  dovoning 242 km. "Toshkent-Vodiy"  yo`nalishida harakatlangan "Nexia"  rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo`qotishi natijasida yo`l chetidagi xandaqqa tushib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomashina ichida haydovchining o`zi bo`lganligini va jarohat olmaganligini aytmoqda.

Voqea joyiga zudlik bilan "Qamchiq"  Maxsus qidiruv,  yong`in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari maxsus "Kamaz" rusumli texnikasida chiqishib, xandaqdagi avtoulovni chiqarib olishda amaliy yordam ko`rsatishgan.

    Boshqa yangiliklar