AsosiyDunyo

Xabib Nurmagomedov “fastfud” restoranlari tarmog`ini ochadi

'Xabib Nurmagomedov “fastfud” restoranlari tarmog`ini ochadi'ning rasmi

Sobiq UFC chempioni Nurmagomedov bilan bog`langan "M-it group franchayzing" kompaniyasi sportchi bilan birgalikda "M-eat by Khabib" tarmog`ini ishga tushiradi, deb yozmoqda spot.uz “Vedomosti”ga tayanib.

Tarmoqning birinchi korxonasi allaqachon “Moscow City” biznes markazidagi “City of Capitals” majmuasida ochilgan. May oyining oxiriga qadar kompaniya Moskvada yana 14 ta muassasa ochishni rejalashtirmoqda.

Ma`lumotlariga ko`ra, bitta muassasaning ochilishiga investisiyalar 2−3 mln rublni tashkil qiladi. Loyihaga kiritilgan investisiyalarning umumiy miqdori 28 dan 42 mln rublgachani tashkil etadi.

"M-eat by Khabib" kompaniyasi 2023-yil oxirigacha beshta davlatda, jumladan Qozog`iston, O`zbekiston, Qirg`iziston, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklarida 150 ta savdo nuqtalarini ochishni rejalashtirmoqda.

"M-eat by Khabib"  ham o`z mahsulotlarini yirik chakana savdo do`konlarida sotishni rejalashtirmoqda. Nurmagomedov tarmoqning egasi va hamkori sifatida ishlaydi, degan kompaniya vakili.

Kontur-Focus ma`lumotlariga ko`ra,  "M-it group franchayzing" 2021-yilda tashkil etilgan va Vladimir Xoroshilovga tegishli.

 

    Boshqa yangiliklar