AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston shimolida qor yog`ishi kutilmoqda  

'Bugun O`zbekiston shimolida qor yog`ishi kutilmoqda   'ning rasmi

Joylarda shamol tezligi 17-22 m/s'gacha kuchayishi mumkin.

Bugun, 18 yanvarda O`zbekistonda nam va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi.

 "O`zgidromet" xabar berishicha, respublika bo`yicha biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, shimolda qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

Shuningdek, poytaxtda kechga tomon yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo 10-12° iliqgacha isiydi.

Tog`li hududlarda ham vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar