PFL matbuot xizmati xabar berishicha, 2021-yilda ayollar o`rtasidagi mamlakat chempionati Oliy ligasida 10 ta jamoa ishtirok etdi.
Qarshining “Sevinch” jamoasidan tashqari barcha jamoa Superliga klublari qoshida tashkil etilganligi bois Professional maqomga ega bo`ldi (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2012-yil 18-dekabridagi 293-sonli Bayonnomasi asosida). 13 karra chempion, ikki marotabadan kumush va bronza medallari sohibi, o`n karra O`zbekiston Kubogi g`olibi, ikki marotaba Superkubok egasi “Sevinch” 2003-yildan buyon alohida, ayollar professional futbol klubi maqomida faoliyat yuritib keldi.
"2022-yilning yanvar oyida “Sevinch” jamoasini “Nasaf” PFK tarkibiga kiritish rejalashtirilgan.
“Nasaf” PFKning ham, “Sevinch” klubining ham ta`sischisi “Sho`rtangazkimyo” majmuasi hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyatining erkaklar va ayollar bosh jamoalari hisoblangan “Nasaf” PFK va “Sevinch” klublarini birlashtirish ham aynan ta`sischining rejasi asosida amalga oshirilyapti", - deyiladi xabarda.