Navoiy viloyati Navbahor tumanida o`zining fidoyiligi, mehnatsevarligi bilan o`quvchilarga ta`lim va tarbiya berib kelayotgan ikki nafar o`qituvchiga Prezident sovg`asi sifatida Cobalt avtomobili sovg`a qilindi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar berdi.
Avtomobil sovg`asi topshirilgan 1-maktabning fizika fani o`qituvchisi Sohiba Navro`zova hamda 20-maktabning geografiya fani o`qituvchisi Obidjon Saydaxmetov o`z faoliyatlari davomida yuzlab bitiruvchilarni oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirishiga hissa qo`shgan.
Xususan, Navbahor tumanida o`tgan 2021 yil bitiruvchilarining 76,6 foizi oliy ta`lim muassasalariga qamrab olinganligi ham o`qituvchilarimizning yaratib berilayotgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda o`quvchilarga yuqori sifatda ta`lim berayotganidan dalolatdir.






