Uchtepa tumani kengashi deputati, O`zLiDeP a`zosi Nuriddin Zaynitdinov “siyosiy buyurtma” bilan unga qarshi "provokasiya " va bosim uyushtirilayotgani haqida yozmoqda.
Unga ko`ra, u bilan sodir bo`layotgan oxirigi voqealar fonida amaldagi deputatlik faoliyatini yakunlash va partiya safidan chiqib ketish, shuningdek, boshqa siyosiy jarayonlarda ishtirok etmaslik fikriga kelgan.
"Agar shunday qaror qabul qilsam, tushuningki etarli asoslar bor.
Prezident talablarini o`z bilganicha ishlatadigan rahbarlar bor ekan, odam bo`lishimiz qiyin.
Deputat - xalq vakili ekan, bu amalda shunday bo`lishi kerak qog`ozda emas.
“Siyosiy byurtma” bilan menga qarshi deputatlik faoliyatim uchun provokasiyalar uyushtirilayotgani va menga bosim o`tkazilayotgani, meni obro`sizlantirish, nomimni bulg`ashga urinishlar menga ishongan va meni saylagan xalqga nisbatan qilingan xiyonatdir.
O`sha o`zini xalq fikridan xam yuqori qo`yadiganlar, o`z boshini o`zi eydi.
Menga qandaydir tarzda bosim o`tkazib xech narsaga erishmaolishmaydi kim bo`lsa ham.
Bu ishlar Yangi O`zbekistonimizda bo`lmoqda", - deya yozmoqda fvol deputat.
Hozirda Nuriddin Zaynitdinov murojaatiga biror rasmiy munosabat bildirilmagan.






