Joriy yilning 19 yanvar kuni taxminan soat 00.30larda Yashnobod tumani Farg`ona yo`li ko`chasining ikkinchi darajali yo`lida haydovchi - 1989 yilda tug`ilgan A.N. “Matiz” rusumli avtoulovini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo`qotishi oqibatida beton to`siqqa urilgan. Natijada avtoulov ag`darilib ketib, yo`lning qarama-qarshi yo`nalishidan harakatlanib kelayotgan haydovchi -1997 yilda tug`ilgan F.Sh. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtoulovi bilan to`qnashuv sodir etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar berdi.
To`qnashuv natijasida “Matiz” avtoulovi haydovchisi A.N. "o`ng oyoq ezilib yirtilgan jarohati, bosh va yuz shilinishi" tashxisi bilan, “Spark” avtoulovi yo`lovchisi -1981 yilda tug`ilgan F.M. "bosh sohasi yumshoq to`qimalari lat eyishi va chap qosh sohasi ezilib yirtilgan jarohati" tashxisi bilan kasalxonaga murojaat qilishgan.
Dastlabki ma`lumotga ko`ra, yo`l transport hodisasining sababi - "Matiz" rusumli avtoulov haydovchisi mast holatda bo`lganligi sababli rul boshqaruvini yo`qotgan.






