Hukumat qarori bilan Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi
Ma`muriy reglamentga ko`ra, malaka oshirishga talabgor bo`lgan veterinariya xizmati mutaxassislari davlat xizmatlari markazlariga o`zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXPda ro`yxatdan o`tadi.
Qabul qilingan arizalar ko`rib chiqish uchun Samarqand veterinariya medisinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga darhol yuboriladi.
Malaka oshirish markazi ariza belgilangan talablarga mosligini
3 kun muddatda ko`rib chiqadi va malaka oshirishga qabul qilish uchun shartnoma tuzish yoki rad etish to`g`risida talabgorga SMS xabar yuboradi.
Shundan so`ng 3 kun muddatda malaka oshirish markazi bilan shartnoma imzolanadi.
Shartnoma imzolangach, 5 kun muddatda belgilangan to`lov talabgorlar tomonidan amalga oshirilishi lozim. To`lov amalga oshirilmagan taqdirda, ular malaka oshirish kurslariga qabul qilinmaydi.
To`lovni amalga oshirgan talabgorlar sonidan kelib chiqib, o`quv kurslari kontingenti shakllantiriladi va o`qish boshlanadigan muddat to`g`risida 1 kun ichida talabgorlar xabardor qilinadi.
Davlat xizmatlari ko`rsatilgani uchun BHMning 20 foizi (54 ming so`m) miqdorida yig`im undiriladi.
YaIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu miqdor 48 600 so`mni tashkil etadi.






