Ijtimoiy tarmoqlarda yo`l o`rtasida bir fuqaro VAZ-2199 rusumli transport vositasiga qarata o`q uzganligi aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan YHXBB quyidagilarni ma`lum qildi.
Joriy yilning 20 yanvar kuni taxminan sost 11.35 larda 1990 yilda tug`ilgan Sultanov Zafar (Spark rusumli davlat raqami 01 B 292 WA bo`lgan avtomobil haydovchisi) Mirzo Ulug`bek tumani Feruza dahasi Mirzo Ulug`bek ko`chasida yo`lning qatnov qismida o`zining tanishi 1985 yilda tug`ilgan Abdullaev Grigoriyni ko`rib qolgan. U bilan oldindan turmush o`rtog`ini rashk qilish oqibatida o`zaro kelishmovchiligi bo`lganligi sababli G.Abdullaev bilan o`zaro gap talashib uning boshqaruvidagi VAZ-2199 rusumli 01 T 738 NA bo`lgan avtomobilning g`ildiragiga tepib, so`ng yonida bo`lgan pnevmatik quroldan avtomobilga bir marotaba o`q uzgan. Buning natijasida hech kim jarohatlanmagan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan shaxsga nisbatan qat`iy qonuniy chora ko`riladi.






