Moldova parlamenti "gaz inqirozi" tufayli mamlakatda 60 kun muddatga favqulodda holat e`lon qildi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, bu qaror hukumat taklifiga ko`ra qabul qilingan. Moldovada hukmron "Harakat va birdamlik" partiyasidan 58 deputat (101 nafar) unga ovoz berdi.
Mamlakat bosh vaziri Natalya Gavrilisa avvalroq bu borada tegishli taklif bilan chiqqan edi.
Bosh vazirning aytishicha, "Moldovagaz" kompaniyasi yanvar oyi uchun avans to`lovini kechiktirish bo`yicha "Gazprom" bilan til topisha olmagan.
"Gazprom" yanvar uchun avans to`lanmagan taqdirda gaz berishni to`xtatishini ma`lum qilgan. Shartnomaga ko`ra, "Moldovagaz" 20 yanvargacha dekabrda etkazilgan gaz uchun to`lovini 14 yanvar kuni to`liq to`lov qildi.
Yanvar oyi uchun 20 yanvargacha 63 million dollar miqdorida 50 foizlik avans sifatida to`lanishi kerak edi. "Moldovagaz" 38 mln dollar to`lagan va qolgan yana 25 mln dollar to`lashini kechiktirgan.