AsosiySport

Dostonbek Hamdamov Qatar klubiga o`tmoqda - O`FA

'Dostonbek Hamdamov Qatar klubiga o`tmoqda - O`FA'ning rasmi

Dubayda yig`inda bo`lib turgan O`zbekiston milliy jamoasi va “Paxtakor” futbolchisi Dostonbek Hamdamov bir necha kun davomida terma mashg`ulotlarida qatnasha olmaydi. Bu haqda O`zbekiston futbol assosiasiyasi xabar bermoqda.

 Gap shundaki, futbolchimiz ijara asosda Qatarning “Al-Sailiya” klubiga o`tmoqda. Hamdamov hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Dohaga yo`l oldi. 22-yanvar kuni Qatar chempionatida “Al-Sailiya” navbatdagi uchrashuvini o`tkazadi va Dostonbek ushbu o`yindan so`ng milliy jamoa yig`iniga qaytishi mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar