2022 yil 21 yanvar kuni soat 15:40 larda, Yunusobod tumani, TXAY ko`chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan, ushbu ko`chada harakatlanib kelayotgan "Captiva" rusumli avtomobil to`xtatilib, haydovchi, 1982 yilda tug`ilgan Z.Z.ning ma`lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, 2021 yil 3 may kunidan buyon qidiruvdaligi ma`lum bo`lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Z.Z. tuman IIO FMBga topshirilgan.






