1

Afg`onistonda mikroavtobus portladi. Qurbonlar bor

Dunyo 24.01.2022, 00:25
Teglar: Portlash
Afg`onistonda mikroavtobus portladi. Qurbonlar bor

Afg`oniston g`arbidagi Hirot shahrida shanba kuni kechqurun mikroavtobus portlashi oqibatida etti kishi halok bo`ldi,. Bu haqda mahalliy hukumat xabari asosida "Interfaks" ma`lum qildi

Portlash oqibatida yana o`n kishi jarohat olgan va barchasi kasalxonaga yotqizilgan. Shifoxona tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra, halok bo`lganlarning to`rt nafari va yaralanganlarning besh nafari ayol ekanligi aytilmoqda. 

Afg`on matbuotiga ko`ra, fojia viloyat markazidagi Hoji Abbos qishlog`ida sodir bo`lgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi mahalliy jurnalistlarning xabar berishicha, bolalar, jumladan, yosh qizlar ham jabrlangan. Qayd etilishicha, yaradorlarning bir qismining ahvoli og`ir, shu bois qurbonlar soni ortishi mumkin.

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan qurolli guruhlarning hech biri sodir bo`lgan voqea uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olmadi.

Sharhlar

⚡️ Nukusdagi portlash vayronalari ostidan yana 4 kishining jasadi topildi

30.01.2023, 11:31

Xabar berganimizdek, kecha 29 yanvar kuni soat 16:15 larda Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahri “Temir jol” MFYdagi 4 qavatli uyning to`rtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida havo-gaz...
Iroq poytaxtida kuchli portlash yuz berdi

09.11.2021, 08:46

Iroq poytaxti Bag`dod shahrining markaziy qismida kuchli portlash yuz berganligi ma`lum qilindi. Bu haqda Alsumaria telekanali xabar berdi. Qayd etilishicha, avtomobilga o`rnatilgan bomba portlab ketgan. Voqea...
Yamandagi xalqaro aeroportda portlash yuz berdi. Qurbonlar bor

31.10.2021, 00:22

Yamanning Adan shahridagi aeroportda portlash sodir bo`ldi. Portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo`ldi. Bu haqda AlArabiya telekanali xabar bermoqda. Reuters agentligining ma`lumotiga ko`ra, portlash Adan xalqaro aeroportida...
Qurilish vazirligi: Buxorodagi "portlagan uy" noqonuniy qurilish bo`lgan

06.02.2021, 15:29

2021 yil 04 fevral kuni Buxoro shahar, I.Karimov ko`chasi yo`l yoqasida joylashgan 9 qavatli uyning 3-qavatidagi xonadonda gazning sizib chiqishi natijasida portlash yuz bergani haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1