Toshkentda qizlardan iborat jinoiy guruh xitoylik erkakning puliga ko`z olaytirishdi va jinoyatga qo`l urishdi. Ularga nisbatan o`qilgan sud hukmi haqida "darakchi.uz"ga Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Sadoqat Allaberganova xabar qildi
Ma`lum qilinishicha, Dilbar Xoliqova (ism-shariflar o`zgartirilgan) jinoiy sherigi, voyaga etmagan Umida Akbarova bilan til biriktirib, xitoylik erkakning pullarini qo`lga kiritishni maqsad qilishadi. Uning avtomashinasida ketayotganda Dilbar Xoliqova kuch ishlatgan holda bo`ynidan ushlab, bir qo`li bilan sirkaga botirilgan matoni yuziga bosadi. Ammo u kutgandek erkak hushidan ketishning o`rniga mashinani to`xtatib, qochib ketadi. Shundan keyin Dilbar Xoliqova va Umida Akbarovalar avtomashina yukxonasidan xitoylik erkakka tegishli bo`lgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ish guvohnomasi, 5.500 AQSh dollari, 2.000 Xitoy Yuani, 15.000 Rossiya rubli va bir dona flesh-kartasi bo`lgan ko`k rangli sumka (ryukzak)ni talon-toroj qilib, unga jami 61.577.000 so`m miqdorida moddiy zarar etkazib, voqea joyidan yashirinishadi. Bundan tashqari, Dilbar Xoliqova va Umida Akbarovalar xitoylik erkakka tegishli bo`lgan fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi va ish guvohnomasi bo`lgan ko`k rangli sumka (ryukzak)ni dalaga tashlab yuborib, ushbu hujjatlarni yo`q qilishadi.
Do`kondan “uksus” sotib oldi
Sudlanuvchi Dilbar Xoliqova oldingi bergan ko`rsatmalarini tasdiqlashini ma`lum qildi. Umida Akbarovani ikki yildan buyon tanishi, jabrlanuvchining uyiga Umida bilan birga bormaganligini, uni telefon orqali chaqirishganligini, qo`ng`iroq qilgan payti u ayollar go`zallik salonida bo`lganligini aytdi. Umida Akbarova jabrlanuvchining uy manzilini “Telegram” ijtimoiy tarmog`i orqali jo`natib, shu manzilga borishini aytganligi, jabrlanuvchidan pullarni olib qo`yish taklifi ham aynan undan chiqqanligini bildirdi. Shundan keyin do`kondan “uksus” sotib olganligi, uning foiziga qaramaganligi, jinoyat sodir qilingandan keyin jabrlanuvchiga tegishli hujjatlar sumka ichida ekanligini ko`rmaganligi va buni oldindan bilmaganligi, sumkani ochib ko`rmaganligi va qo`li bilan pullarni olmaganligito`g`risida ko`rsatuv berdi.
“Hammasi Oybekning ko`rsatmasi bilan bo`ldi”
Sudda guvoh tariqasida so`ralgan voyaga etmagan Umida Akbarovaning ma`lum qilishicha, bosqinchilik qilish fikri Dilbar Xoliqovaning yigiti “Oybek”dan chiqqan. U har doim xitoylik erkakning uyini tozalash uchun bir o`zi borganligini, o`sha kuni ishi ko`payib ketganidan Dilbar Xoliqovani chaqirganini aytdi. Ular birgalikda besh xonali uyni tozalaganlaridan so`ng erkak xizmat haqi sifatida ularning har biriga 100 AQSh dollaridan pul berganligini ma`lum qildi. Shundan keyin xitoylik erkakda pul ko`pligini ko`rib, ularni qo`lga kiritish maqsadida “Oybek”ning ko`rsatmasi bilan Dilbar Xoliqova do`konga kirib, “uksus” sotib olganligini, aynan u erkakning yuziga sirkali matoni bosgani va sumkani olganini bildirdi.
Hukm o`qildi
Hamidjon Shamshiev, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudyasi:
— Jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudida sudya Timur Kasimov raisligida ko`rilgan mazkur jinoyat ishida Dilbar Xoliqova JKning 164-moddasi 2-kismi “a,b,v” bandlari, 227-moddasi 2-qismi “a” bandi va 127-moddasi 3-qismi bilanaybdor deb topildi.JKning 59,61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilanuzil-kesil o`tashlik uchun 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilishjazosi belgilandi.
Umida Akbarova JKning 164-moddasi 2-kismi “a,b,v” bandlari va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilanaybdor deb topildi. JKning 62-moddasi tartibidauzil-kesil o`tashlik uchun 1 yil 8 oy 24 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Jabrlanuvchifoydasiga 10.651.000 so`m moddiy zarar undirilishi belgilandi.
Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasining ajrimiga ko`ra, Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi hukminingDilbar Xoliqovaganisbatan qismi o`zgarishsiz, apellyasiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.






