"Chelsi" sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard "Everton"da rasman ish boshladi. Bu haqda klub rasmif sayti xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Lempard "Everton" bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolagan. Klubning eronlik xo`jayini Farhod Moshirining shaxsan o`zi Frenkni ommaga tanishtirgan.
Lempard yaqinda iste`foga chiqarilgan Rafael Benitesning o`rnini egalladi.
Ma`lumot uchun, "Everton" APLda 20 o`yindan keyin 19 ochko bilan turnir jadvalida 16-o`rinni egallab turibdi.






